Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Navoiy viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Navoiy viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Dushanov Yashin Ravshanovich Navoiy viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
 
Yashin Dushanov 1979-yil Navbahor tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 2003 yilda Toshkent davlat yuridik institutini, 2011-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.
 
Ya.Dushanov bugunga qadar bir qator davlat organlarida, jumladan, Navoiy viloyati adliya boshqarmasi hamda viloyat hokimligida mas’ul lavozimlarda faoliyat olib borgan. 
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring