Navoiy viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i vafot etdi
Sog‘liqni saqlash tizimida mas’ul lavozimlarda ishlagan fidoyi shifokor, tashkilotchi rahbar Zafar Rasulov 44 yoshida vafot etdi, deb xabar bermoqda SSV matbuot xizmati.
Z. Rasulov 1979 yil 23 oktyabrda Navoiy viloyatida tug‘ilgan. 2003 yilda Toshkent davlat tibbiyot institutini tamomlab, mehnat faoliyatini Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga qarashli tibbiy sanitariya qismi terapevti sifatida boshlagan.
2012-2020 yillarda Uchquduq tuman tibbiyot birlashmasida bosh shifokor o‘rinbosari, birlashma boshlig‘i, Navoiy viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, Sog‘liqni saqlash vazirligi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari kabi mas’ul lavozimlarda ishlagan.
2020 — 2023 yillarda esa Navoiy viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i sifatida samarali mehnat qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter