Navoiy shahrining birinchi hokimi vafot etdi

Davlat va jamoat arbobi, Navoiy shahrining birinchi hokimi Baxtiyor Hamdamov shu yil 13 iyun kuni 71 yoshida vafot etgan.
B.Hamdamov 1951 yil 8 mayda tug‘ildi. 1977 yil Farg‘ona politexnika institutini tamomlab, Navoiy sement zavodi (hozirgi Qizilqumsement AJ) chilangari sifatida ish boshlagan. 1979-1986 yillarda zavod direktorining o‘rinbosari lavozimigacha bo‘lgan vazifalarda mehnat qilgan.
1986-1992 yillarda xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi ijroiya qo‘mitasi raisining o‘rinbosari va raisi sifatida faoliyat yuritgan.
1992-2008 yillarda Navoiy shahri hokimi bo‘lgan. U 1999 yil «Shuhrat» medalini olgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter