Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Naqd 6 mlrd so‘mdan ortiq pul undirdi

Naqd 6 mlrd so‘mdan ortiq pul undirdi

Buxorodagi qarzdor korxona olingan kreditlarni qaytarishiga to‘g‘ri keldi. Bu haqda MIB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Kogon tumanlararo iqtisodiy sudining 07.02.2022 yildagi ijro hujjatiga asosan qarzdor korxonadan AT «Xalq bank» foydasiga 6 mlrd. 96 mln. so‘m kredit qarzdorligini undirish, undiruvni garovga qo‘yilgan mulklarga qaratish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning Kogon shahar bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.

Davlat ijrochisi tomonidan shu kuni ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, qaror nusxasi taraflarga yuborilgan.

Qarzdorlikni bartaraf qilish uchun qonunchilikka muvofiq qarzdorga ixtiyoriy muddat berilgan bo‘lsa-da, ijro hujjati talablari bajarilmagan.

Davlat ijrochisi tomonidan olib borilgan ijro harakatlari davomida garov mulklari xatlanib, elektron onlayn auksion savdolariga chiqarish choralari ko‘rilgan vaqtda, qarzdor ushbu 6 mlrd. 96 mln. so‘m qarzdorlikni naqd to‘lab, ijro hujjati amalda ijro etilib, ish yurituvidan tamomlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring