Namanganda seyfni o‘margan 60 yoshli ayol qo‘lga tushdi
2020-yil 27-noyabr kuni Namangan shahrida yashovchi fuqaro ariza bilan murojaat qilgan. Unga ko‘ra 25-noyabr kuni soat 15:00 dan soat 16:30 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma’lum shaxs Namangan shahrida joylashgan savdo do‘konidagi temir seyfida bo‘lgan 5.000.000 so‘m pullarini o‘g‘irlab ketgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati xabariga ko‘ra, Namangan shahar IIO FMB 4-sonli IIB JQB tezkor vakillari va HPB profilaktika inspektori tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni Namangan shahrida yashovchi, 1960-yilda tug‘ilgan ayol sodir etganligi aniqlangan va undan daliliy ashyo olingan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2020-yil 28-noyabr kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter