«Xabar.uz»ga Namangan shahrida murojaat kelib tushdi. Murojaatga ko‘ra, shahardagi Abu Hanifa jome’ masjidida 16-may kunidan boshlangan taroveh namozlariga maktab o‘quvchilari qo‘yilmayotgan ekan. Murojaat mualliflari bu qaysi normativ-huquqiy hujjatga asosan amalga oshirilayotgani, bolalarni masjidga qo‘ymaslik borasida biror bir rasmiy cheklov bor-yo‘qligini bilib berishimizni iltimos qilishgan.
Masjid atrofida jamoat tartibini saqlash uchun mas’ul bo‘lgan ichki ishlar idoralari xodimlari bolalarni masjidga qo‘ymayotganining isboti sifatida foto yoki videodalil yuborishlarini so‘raganimizdan so‘ng
«Telegram»dagi manzilimizga voqea joyidan olingan bir qancha fotosuratlar kelib tushdi.
«Xabar.uz» mazkur holatga izoh so‘rab Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Ichki ishlar vazirligi hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasiga rasmiy so‘rov yubordi. Rasmiylardan javob xati kelguniga qadar vaziyatni o‘z manbalarimiz va o‘quvchilarimiz yuborgan ma’lumot va dalillar orqali o‘rganishda davom etamiz.
O‘zbekistonda diniy ma’rifat sohasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotgan, xalqimizning asriy orzulari tiklanayotgan, fuqarolarning diniy e’tiqod erkinligi va huquqlari qaror topayotgan bir paytda Namangandagi kabi holatlarning ro‘y berayotgani g‘oyat achinarlidir. Muhtaram o‘quvchilarimiz, Siz yashayotgan hududda shu kabi holatlar sodir bo‘layotgan bo‘lsa, bu haqda bizga ma’lum qiling, so‘zlaringizni tasdiqlovchi foto va videolarni yuboring! Vaziyatni xolis o‘rganib, masalaga oydinlik kiritishga harakat qilamiz.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter