Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namanganda fuqaroning elektrdan 18 million so‘mdan ziyod qarzi bekor qilindi

Namanganda fuqaroning elektrdan 18 million so‘mdan ziyod qarzi bekor qilindi

Foto:«Gazeta.uz»

Namangan viloyati, Uychi tumanida yashovchi fuqaro S.Mamadaliyeva O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga murojaat qildi.

Murojaatda aytilishicha S.Mamadaliyeva xonadoniga ulangan noqonuniy elektr energiyasi uchun 2019-yil 9- fevral kuni MIB xodimlari dalolatnoma tuzgan. Dalolatnomada fuqaroga eng kam oylik ish haqining 100 barobar ya’ni 20 million 24 ming so‘m jarima solingani ma’lum qilingan. Fuqaro ushbu holat bo‘yicha advokat I.Xojiyevga murojaat etadi.

I.Xojiyev ushbu murojaat yuzasidan o‘rganish ishlarini olib boradi va fuqaroga 19 million 296 793 80 tiyinga tushirganligini bildirib o‘tadi. Ushbu holat yuzasidan fuqaro S.Mamadaliyeva Uychi tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish ijro etuvchi apparatidan amaliy yordam surab murojaat etgan.

Tuman jamiyati xodimlari fuqaro xonadoniga borib o‘rgandi. Natijada haqiqatda xonadondagi elektr, xisoblagich tarmog‘idan o‘tmagan, tarmoq ochiq xolda bo‘lganligi ochiqda turgan bir elektr karobkasidan xisoblagichdan o‘tmagan, ikkinchi karobka tarmoqqa tortilgan bo‘lganligi aniqlandi, shu bilan birga xonadonda 1 ta lampochka, 1 ta isitgich , 1 ta ten, 1 ta ariston mavjudligi aniqlandi.

Yuqoridagilarga asosan, Uychi tuman elektr ta’minoti korxonasi mutaxassislari va MIB xodimi tomonidan dalolatnoma bo‘yicha qayta xisob-kitob qilinadi. Hisob-kitob natijasiga ko‘ra, iste’molchining qarzi 484 550 ming so‘mni tashkil etdi. Bundan ko‘rinib turibdiki, 18 million 640 ming so‘m mablag‘ iste’molchi foydasiga hal etib berildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring