Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namanganda fuqaro xotini va 3,5 oylik qizini bolta bilan urib o‘ldirgach, o‘zini o‘zi yoqib yubordi

Namanganda fuqaro xotini va 3,5 oylik qizini bolta bilan urib o‘ldirgach, o‘zini o‘zi yoqib yubordi

Illyustrativ foto

Shu yilning 13-iyun kuni Namanganda dahshatli qotillik sodir etildi. Bu haqda «Xabar.uz»ga Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Namangan shahrida istiqomat qiluvchi 44 yoshli U.X. (ilgari sudlanmagan, ishsiz) kechga yaqin o‘z xonadonida  oilaviy mojaro natijasida  turmush o‘rtog‘i M.M.ning (1984-yilda tug‘ilgan, uy bekasi)  bosh va bo‘yin sohasiga bolta bilan bir necha marotaba urib tashlaydi. So‘ng voyaga yetmagan uch nafar qiziga (qizlarning kattasi 10 yashar, kenjasi uch yarim oylik!) tashlanib, ularga ham (bolta bilan) tan jarohati yetkazadi.

Olingan jarohatlar natijasida voqea joyining o‘zida xonadon bekasi va uch yarim oylik  chaqaloq vafot etadi. Ikki nafar qizaloq esa, olgan tan jarohatlariga qaramay, qo‘shnining uyiga qochib chiqishga muvaffaq bo‘ladi.

Shundan so‘ng, U.X. yashash uyining oshxonasida o‘zini-o‘zi yoqib yuboradi va shu tariqa u ham voqea joyida vafot etadi.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring