Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namanganda bir nechta shifokorda qalbaki hujjat aniqlandi

Namanganda bir nechta shifokorda qalbaki hujjat aniqlandi

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining ichki audit va moliyaviy nazorat xizmati tomonidan Chust tuman tibbiyot birlashmasida masofadan turib monitoring tekshiruvi davomida ayrim shifokorlarning sertifikatlari qalbaki ekanligiga shubha tug‘ilgan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

Tekshiruvda bolalar psixiatriyasi, anesteziologiya va reanimatologiyasi, umumiy amaliyot shifokori, nevrologiya, umumiy xirurgiya mutaxassisliklari uchun bir nechta shifokorlarning malaka toifasi berilganligi to‘g‘risidagi sertifikatlar qalbaki ekanligiga shubha tug‘ilganligi sababli tekshirib ko‘rish uchun olingan hamda malaka toifasi sertifikatlarining qalbakilashtirilgan holatiga aniqlik kiritish uchun Chust tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limiga yuborilgan.

Tergovga qadar tekshiruv davrida o‘tkazilgan Namangan shahri bo‘yicha IIO FMB EKBning tadqiqotlar xulosasiga ko‘ra, malaka toifasi sertifikatlaridagi muhrlar izi kompyuter qurilmasining rangli oqimli (struyniy) printeri yordamida tayyorlanganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Chust tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan G.N., S.N., M.J., I.Yu. va O.Z., larga nisbatan JKning 228-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring