Namangan viloyati hokimligida qator tayinlovlar amalga oshirildi
Baxtiyor Axunbabayev Namangan viloyati hokimining raqamlashtirish bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.
U 1978 yilda Namangan shahrida tug‘ilgan. 2001 yilda Namangan muhandislik-pedagogika institutini (magistratura) tamomlagan. Mutaxassisligi muhandis-texnolog.
Axunbabayev Baxtiyor Latifxanovich tayinlovga qadar Namangan viloyati hokimligi huzuridagi «Elektron hokimiyatni rivojlantirish markazi» davlat muassasasi direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Mo‘minov Anvar Rustamovich Namangan viloyati hokimining mahalliy sanoatni rivojlantirish masalalari bo‘yicha yordamchisi etib tayinlandi.
Anvar Mo‘minov 1985 yilda Namangan shahrida tug‘ilgan. Namangan muhandislik-iqtisodiyot institutini marketing mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
Tayinlovga qadar viloyat hokimligining investitsiyalar va tashqi savdo masalalari kotibiyati mudiri vazifalarida ishlagan.
Doniyor Abdug‘afforov Namangan viloyati hokimligining Elektron hokimiyatni rivojlantirish markazi direktori lavozimiga tayinlandi.
U 1994 yilda Chust tumanida tug‘ilgan. 2016 yilda Namangan muhandislik-pedagogika inctitutini tamomlagan. Mutaxassisligi informatika va Axborot texnologiyalari.
Abdug‘afforov Doniyor Ravshan o‘g‘li tayinlovga qadar Namangan viloyati hokimligi huzuridagi «Elektron hokimiyatni rivojlantirish markazi» muassasasi rahbari o‘rinbosari - Axborot tizimlari va resurslarini joriy etish va rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Ahadjon Dadamirzayevich Mirzayev Namangan viloyati hokimligining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar kotibiyati mudiri etib tayinlandi.
Ahadjon Mirzayev 1977 yilda Yangiqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. Namangan davlat universitetini bakalavr va magistr bosqichini iqtisodchi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter