Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Foto: «namangan.uz»

Shu kunga Namangan viloyati Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Okibjon Inomov viloyat hokimining 2019-yil 20-avgustdagi 592-sonli qaroriga ko‘ra, Namangan viloyati hokimining o‘rinbosari — viloyat investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Inomov Okibjon Odiljonovich 1984-yil 3-iyulda Uchqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. Namangan muhandislik-iqtisodiyot institutini iqtisodchi mutaxassisligi bilan tamomlagan. Mehnat faaoliyatini viloyat Statistika boshqarmasida boshlagan. 2006-yildan 2016-yilga qadar viloyat Iqtisodiyot bosh boshqarmasida faoliyat olib borgan, 2014-2016-yillarda boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Okibjon Inomov 2017-2018-yillarda viloyat hokimligining Iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha kotibiyati mudiri, so‘ngra viloyat Investitsiyalar bo‘yicha bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ish olib borgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring