Namangan viloyati hokimi o‘rinbosari Vazirlar Mahkamasiga ishga o‘tdi
Namangan viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Tohirjon Rapiqov Vazirlar Mahkamasi kotibiyat mudiri etib tayinlandi. Bu haqda hokimlik axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Tohirjon Rapiqov Vazirlar Mahkamasida agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyatini boshqaradi.
T. Rapiqov 1974-yilda Chust tumanida tug‘ilgan. 1996-yilda Namangan sanoat-texnologiya institutini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 1996-yilda Chust tumani agroxizmat uyushmasi mutaxassisligidan boshlagan. 1997—2000-yillarda tuman qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi yetakchi va bosh mutaxassisi, 2000—2005-yillarda statistika bo‘limi bosh mutaxassisi va boshlig‘i, 2005—2007-yillarda tuman hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.
2007—2009-yillarda Namangan viloyati hokimligining axborot-tahlil guruhi rahbari, 2009—2016-yillarda Yangiqo‘rg‘on tumani, 2016—2019-yillarda esa Mingbuloq tumani hokimi bo‘lgan.
Tohirjon Rapiqov 2019-yildan hozirgacha Namangan viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter