Namangan DXM jamoasi mehribonlik uyi qizlarini tabrikladi (foto)
8-mart “Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabat bilan Davlat xizmatlari agentligi Namangan viloyat boshqarmasi jamoasi Namangan shahridagi 26-sonli Mehribonlik uyida mehmon bo‘ldilar.
Tadbir avalida so‘zga chiqqanlar mazkur dargohda tarbiya topayotgan qizlarni bayram bilan qizg‘in muborakbod etib, turli-tuman sovg‘alar ulashdilar.
Ayol – borliq ko‘zgusi. Uning go‘zalligi olamni charoqon etadi, chunki uning niyati pok, o‘zi pok. Shu bois uni avaylab-asragan yurtning kelajagini porloq deb naql qilishadi. Shu ma’noda, buni O‘zbekistonimizga va uning biri-biridan latofatli, oqila o‘zbek ayoliyu qizlariga nisbat qilsak, xato bo‘lmaydi. Bu bejiz emas. Mehribonlik uyida ham mehnatdan baxti ochilgan qizlar juda ko‘p. Ularning orasida qanchadan-qancha hunarmand, chevar turli-tuman kasblarni qunt bilan o‘rganib, bir biridan nafic, bejirim liboslar, turli taomlar tayyorlaydigan qo‘li gul qizlar bor. Ularni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish, oilaviy hayotga tayyorlash maqsadida “Orasta qizlar” to‘garagi ham tashkil etilgan. Bu yerda qizlar pazandachilik, chevarchilik, bichi-tikish sir-asrorlarini o‘rganmoqdalar. Kutilmagan tashrif va ulaga ulashingan sovg‘a-salomlardan barchalari birdek mamnun bo‘ldilar.
Mehmonlarning bugungi tashrifidan juda hursand bo‘ldik. Bizga olib kelingan sovg‘alardan mamnunmiz. Bizga bildirilgan ishonni oqlab, yurtimiz rivojiga munosib xissa qo‘shamiz. “Ro‘zg‘or maktabi” uchun kerak bo‘ladigan uy-ro‘zg‘or buyumlarini olib kelishganidan quvondik barchalariga rahmat aytamiz"- deydi mehribolik uyi tarbiyalanuchisi Shoira Mashrapova.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter