Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namanganda ichishga yaroqsiz deb topilgan «shifobaxsh» suv pulga sotilmoqda

Namanganda ichishga yaroqsiz deb topilgan «shifobaxsh» suv pulga sotilmoqda

Foto:«Human.uz»

Namangan viloyati, Chust tumanidagi fermer dalasidan «buloq» chiqqan va uning suvi shifobaxshligi uchun minglab odamlar shu yerga oqib kelayotgani ma’lum bo‘lgandi. «Shifobaxsh» suvdan ichish uchun uzoq viloyatlardan ham odamlar kelayotgani aytilayotgandi.

Keyinroq, Namangan viloyati davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazining mazkur suvni ichishga yaroqsiz deb xulosa bergani ma’lum bo‘ldi.

Lekin shunga qaramay, suvni iste’mol qilish va undan shifo topishni istovchilar kamayib qolgani yo‘q. «Xalq so‘zi»ning yozishicha, ayni damda ayrimlar suvni litrini ming so‘mdan keluvchilarga pullamoqda. 

«Umid bilan davo izlab kelgan kishini qaytarib bo‘ladimi. Bu yerda mahallaning chapdast yigitlari uzoqdan kelayotganlarga suv g‘amlab olish uchun maxsus plastik idishlarni yetkazib berishyapti. Albatta, tekinga emas. Nariroqdagi yo‘l boshida esa bir necha yigit katta-katta idishlardagi suvning litrini ming so‘mdan pullayotir. Ana biznes! Biroq,fermer yoki uning yaqinlari yer qa’ridan tortib olinayotgan suv uchun haq olishni o‘ylashgani yo‘q. Hozircha savob. Keyinchalik ishlar qonuniy yo‘lga qo‘yib olinsa bir gap bo‘lar» deyiladi xabarda. 

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi ham ushbu suv yuzasidan bayonot bilan chiqqandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring