«Toshkent gerbi» o‘rniga Berdaq haykali o‘rnatiladi
Bir necha kun oldin olib tashlangan «Toshkent gerbi» monumenti o‘rniga qaraqalpoq shoiri Berdaq haykali o‘rnatilishi rejalashtirilmoqda, deb xabar qildi «Sputnik».
Poytaxt hokimiyati xabariga ko‘ra, birinchi navbatda monument atrofidagi hudud obodonlashtiriladi, yo‘laklar quriladi va favvoralar ishga tushiriladi. Keyin esa bir vaqtlar Nukus ko‘chasida qoraqalpoq shoiri Berdaqqa o‘rnatilgan haykal qaytariladi.
«Shimoliy vokzal ro‘parasida Nukus ko‘chasi bor, bu yerda bir vaqtlar qoraqalpoq shoiri Berdaq haykali o‘rnatilgan edi. Biz ushbu hududni oobodonlashtirish va haykalni qaytarish haqida topshiriq oldik va ishlarni boshlab yubordik. Ish jarayonida biz ushbu hududning Nukus ko‘chasi tomonini va vokzal tomonini birlashtirib yagona me’morchilik ansambli yaratish va uning atrofini obodonlashtirishga qaror qildik», — dedi hokimning sanoat va qurilish ishlari va kommunikatsiyalar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Nadirjon Maksumov.
Bu yerdan olib tashlangan «Toshkent gerbi» monumentining kelajagi haqida hozircha hech narsa ma’lum emas.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter