Mutaxassis saraton xavfini oshiruvchi mahsulotdan ogohlantirdi
Rossiyalik tibbiyot fanlari nomzodi, jarroh va onkolog Ivan Karasev saraton kasalligini rivojlanish xavfini oshiradigan mahsulot nomini aytdi.
Bu haqda u «YouTube» tarmog‘idagi tibbiyot kanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yog‘li go‘sht va konservalarni nazoratsiz iste’mol qilish ko‘pincha yo‘g‘on ichak onkologiyasining sababi hisoblanadi.
Shifokor ushbu mahsulotni iste’mol qilgandan keyin ovqat hazm qilish jarayoni «har doim ham yetarli darajada davom etmasligini» ta’kidladi. «Ichakdagi surunkali yallig‘lanishni qo‘llab-quvvatlaydigan fermentatsiya mahsulotlari qoladi. Go‘shtni haftada bir martadan ko‘p bo‘lmagan holda iste’mol qilish tavsiya etiladi. Baliq go‘shti iste’mol qilgan ma’qul», — deya ta’kidladi u.
Avvalroq choy iste’moli inson qarishi jarayonini sekinlashtirishi ma’lum qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter