Murojaatlarga befarq qaragan ayrim mas’ullarga chora ko‘rildi
O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devonida tadbirkorlik subektlari bilan doimiy ravishdauchrashuvlar tashkil etilib, ularning muammolari o‘rganib borilmoqda.
Jumladan, mahalliy xokimliklar tomonidan O‘zbekiston Prezidentining PF-178-sonli Farmoni bilan joriy etilgan «Tadbirkor virtual ofisi» orqali yuborilgan murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi va muddatlariga rioya etilishi o‘rganildi.
Bu haqda Vakil devoni matbuot xizmati xabar bermoqda.
Unda Oqqo‘rg‘on, Chinoz, Yangiyo‘l va Yuqorichirchiq tuman hokimligi mas’ullari tomonidan 15 dan ziyod murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi va muddatlariga rioya etilmaganligi aniqlanib, mas’ullarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter