Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Muqobil energiya uskunalarini o‘rnatish uchun sarsongarchilik bo‘lmaydi

Muqobil energiya uskunalarini o‘rnatish uchun sarsongarchilik bo‘lmaydi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Muqobil energiya uskunalarini o‘rnatish istagida bo‘lgan aholi va tadbirkorlar bu imkoniyatlardan foydalanishi uchun (kompensatsiya olishi uchun — tahr.) biron-bir idoraga borishga majbur bo‘lmaydi. Barcha hujjatlar uskuna xarid qilinadigan joyning o‘zida hal bo‘ladi.

Buning uchun:

  • jamg‘arma mahalliy ishlab chiqaruvchilar hamda hududlardagi sotuvchilar bilan hamkorlik shartnomalarini tuzadi;
  • ishlab chiqaruvchilarning aholi va tadbirkorlarga uskunalarni bo‘lib-bo‘lib to‘lashga berish xarajatlari jamg‘arma tomonidan qoplab beriladi;
  • jamg‘armaga 100 mlrd so‘m ajratiladi, ishlatishiga qarab yil yakuniga qadar yana 100 mlrd so‘m beriladi;
  • jamg‘armaning elektron portali ishga tushirilib, barcha jarayonlar to‘liq raqamlashtiriladi.

Mutasaddilarga tizimni 1 sentyabrdan amaliyotga joriy qilish topshirildi.

Viloyat hokimlari oldiga joriy yilda «daftarlar»ga kirgan kamida 5 mingta oilani, kelgusi yilda yana 10 mingtasini suv isitish qurilmasi bilan ta’minlash choralarini ko‘rish vazifasi qo‘yildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring