Muftiy Usmonxon Alimovning sog‘lig‘i bo‘yicha yangi ma’lumot berildi
Muftiy Usmonxon Alimovning davolanishi davom etmoqda. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar berdi.
«Ma’lum kilamizki, Moskva shahrida joylashgan klinikalardan birida davolayotgan O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari o‘pka va qon-tomir kasalliklari, xususan o‘pka pnevmoniyasi bo‘yicha muolajalar olmoqdalar.
Ayni kunlarda hazratning holatlari barqaror. Davolash tadbirlari tajribali shifokorlar tomonidan tibbiyot sohasining ilg‘or yutuqlarini qo‘llagan holda davom ettirilmoqda», deyiladi xabarda.
Muftiyning Moskvada davolanayotgani o‘tgan oyda ma’lum bo‘lgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter