Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mudofaa vazirligi delegatsiyasi Rossiya Markaziy harbiy okrugi tajribasi bilan tanishdi

Mudofaa vazirligi delegatsiyasi Rossiya Markaziy harbiy okrugi tajribasi bilan tanishdi

Foto: «Defensye.Ru»

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi delegatsiyasi Rossiya Markaziy harbiy okrugi(MHO) jangovar tayyorgarligi tajribasi bilan tanishish maqsadida Yekaterinburg shahriga tashrif buyurdi. Bu haqda «Xalq so‘zi online» sayti «TASS»ga tayanib xabar berdi.

«Toshkent harbiy okrugi qo‘mondoni general-mayor Bahodir Qurbonov boshchiligidagi harbiy delegatsiya Markaziy harbiy okrug jangovar tayyorgarligi tajribasi va kundalik faoliyati bilan tanishish maqsadida Uralga keldi. Yekaterinburgda mehmonlar MHO shtabiga bordi, shuningdek, harbiy havo kuchlari va havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari 14-armiyasi qo‘mondonligi bilan uchrashdi», — dedi Roshupkin.

U yana ta’kidlab o‘tdiki, yaqin kunlarda mehmonlar Chelyabinsk viloyatida joylashgan 90-tank diviziyasiga tashrif buyuradi. «Ular bu yerda o‘t ochish va taktik tayyorgarlik bo‘yicha Rossiyaning eng yangi metodikasiga baho beradi, qolaversa, Chebarkulsk poligonidagi ikkitomonlama o‘quvlar doirasidagi amaliy harakatlarni kuzatishadi», — deydi polkovnik.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin MHO qo‘shinlari qo‘mondoni general-leytenant Aleksandr Lapin Toshkentga tashrif buyurgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring