Mudofaa vaziri qiruvchi samolyotda armiya tayyorgarligini tekshirdi
O‘zbekiston mudofaa vaziri, general-leytenant Bahodir Qurbonov qiruvchi samolyotda havo kuchlarining harbiy tayyorgarligini tekshirdi.
Ushbu jarayon videotasviri e’lon qilingan.
Eslatib o‘tamiz, Mudofaa harbiy okruglarida rejaga asosan qo‘shinlarni jangovar shaylikka keltirish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar boshlangandi. Xususan, mudofaa vaziri rahbarligida Toshkent va Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okruglari hamda Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlari harbiy qism va bo‘linmalarida qo‘qqisdan tekshiruvlar bo‘lib o‘tmoqda. Bunda shaxsiy tarkib va jangovar texnikalarning shayligi tekshiruvdan o‘tadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter