Muborak tumani sobiq hokimi boshqa lavozimga tayinlandi

Qashqadaryo viloyati, Muborak tuman hokimi Ulug‘bek Ernazarov bir oy avval ishdan olingandi.
Viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berishicha, O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirining joriy yil 2 iyuldagi buyrug‘i bilan Ernazarov Ulug‘bek Murodillayevich Qashqadaryo viloyati Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.
U.Ernazarov 1981 yil Shahrisabz tumanida tug‘ilgan. 2003-yilda Toshkent temir yo‘l muhandislari institutini tamomlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter