MTV tomonidan maxsus texnika topshirishning ikkinchi bosqichi o‘tkazildi (foto)
Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan 2021-yil mart oyida alohida ehtiyojli bolalarga samarali korreksion, pedagogik va reabilitatsion yordam ko‘rsatish uchun shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha boshlangan chora-tadbirlar izchil davom ettirilmoqda.
Bularning barchasi tarbiyalanuvchilarning jamiyatga to‘lik moslashish uchun zarur bo‘lgan ko‘nikma va bilimlarni imkon kadar erta egallashlari va o‘z imkoniyat, kobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishlarini ta’minlashga karatilgan.
Jixozlashning birinchi bosqichi doirasida Toshkentdagi ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari maxsus asbobuskunalar, jumladan, ortopedik yurish trenajyorlari, biziboralar, kuruk hovuzlar, maxsus massaj matolari, didaktik materiallarga ega bo‘ldi, buning natijasida ushbu tashkilotlarning o‘nlab tarbiyalanuvchilariga ko‘rsatilayotgan yordam samaradorligini oshirish imkoniyati paydo bo‘ldi.
2021-yil 3 iyun kuni Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan maxsus texnika topshirishning ikkinchi boskichi o‘tkazildi.
Dastur doirasida korreksion-pedagogik va reabilitatsiya uskunalari Chilonzor tumanidagi 289-sonli KTIMTT, Qibray tumanidagi 34-sonli KTIMTT va O‘rta Chirchiq tumanidagi ko‘p tarmoqli MTTlarda tarbiyalanuvchi nogironligi bor bolalarga maxsus uskunalar tarqatildi.
Tayanch-xarakat tizimida buzilishi bo‘lgan bolalar uchun maxsus ortopedik, faol hayot va kulay dam olish, bolalarda o‘kish-o‘rganish imkoniyatini oshirishga xizmat qiladigan funksional stullar, Faol turmush tarzini olib borish va o‘z-o‘ziga ishonish ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatini beruvchi bolalar aravachalari va xarakatlanuvchi jihozlar, bolaning tayanch-harakat tizimini rivojlantirish va kuch, chakkonlik, chidamlilik, shuningdek qat’iyat va maqsadga muvofiqlik kabi jismoniy qobiliyatlarning ko‘rsatishga mo‘ljallangan trenajyorlar kabi ko‘plab uskunalardan tarkib topgan.
Ayni paytda Toshkent shahridagi davlat ko‘p tarmokli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarini jihozlash va respublikamizning barcha hududlaridagi davlat ko‘p tarmokli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarini zarur asbobuskunalar bilan jihozlashning navbatdagi boskichlariga ham faol tayyorgarlik ko‘rilmoqda.
Mamlakat bo‘ylab 70 ta ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti yil oxirigacha zamonaviy asbob-uskunalar bilan ta’minlanishi kutilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter