Mo‘ynoqdagi har bir oilaga 5 million so‘mdan pul tarqatilmoqda
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumanida yashovchi har bir oilaga 5 mln so‘mdan bir martalik yordam puli tarqatilmoqda.
«Orol dengizi fojiasi oqibatlaridan hammadan ko‘p jabr ko‘rgan Mo‘ynoq tumani xalqi har tomonlama qo‘llab-quvvatlash prezidentimizning e’tiborida», — deya ma’lumot bergan tuman hokimligi matbuot xizmati.
Bir martalik pul yordami qishloq fuqarolar yig‘inlari kesimida sayyor kassalar orqali, «Xalq banki»ning Mo‘ynoq tuman filiali tomonidan, shuningdek uylarga avtomashinalarda borib tarqatilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter