Mo‘ynoqda uzoqdan qatnovchi o‘quvchilarga velosiped berildi
Madaniyat vazirligi tomonidan tashkil etilgan press-tur doirasida bugun OAV vakillari Mo‘ynoq shahrida bo‘lishdi.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan olis xududlardan qatnovchi o‘quvchilar uchun transport vositalarini yo‘lga qo‘yish topshirig‘i berilgan edi. Ushbu tashabbus doirasida Mo‘ynoq tumanida o‘quvchilarga velosipedlar topshirildi.
O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi va prokuratura bosh boshqarmasi homiyligida 50 ta velosiped o‘quvchilarga topshirildi. «Xabar.uz» muxbiri tomonidan ma’lum qilinishicha, velosipedlar uch kilometr va undan uzoq masofada istiqomat qiladigan o‘quvchilarga topshirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter