Moskvada migrantlar uchun patent narxi oshdi
2020-yilda Moskvada mehnat migrantlarining ishlash huquqi uchun patent 7 foizga qimmatlashdi. Bu haqda Mehnat vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Patent narxi 2018-yilda 4500 rubl, 2019-yilda 5000 rubl bo‘lgan, joriy yildan patent uchun oyiga 5350 rubl to‘lash lozim bo‘ladi.
Ukraina, Moldova, Ozarbayjon, Tojikiston va O‘zbekiston fuqarolari 2015-yildan buyon Moskvada ishlash uchun patent oladi.
Moskva iqtisodiy siyosat va rivojlanish departamentining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, 2019-yilda chet ellik ishchilarga patent berishdan tushgan budjet daromadi 18 mlrd. rublni tashkil etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter