Moskvada daraxtning qulashi natijasida bir kishi halok bo‘ldi
Ayni damda Rossiya poytaxtida noqulay ob-havo hukm surmoqda. Moskva meri Sergey Sobyaninning xabar berishicha, daraxt qulashi oqibatida bir kishi halok bo‘lgan, besh kishi esa jarohatlangan.
«Ayni damda Moskvada ob-havo yanada yomonlashmoqda. Kuchli qor bo‘roni kutilayapti. Aholiga xavfli joylar, xususan daraxtlardan uzoqroq bo‘lishni maslahat beramiz», — deb yozgan Sobyanin o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Mer o‘rinbosari Pyotr Biryukov ham jami 370 ga yaqin daraxt qulaganini xabar qilib, odamlarni ehtiyotkorlikka chaqirgan.
«Fobos» ilmiy markazining mutaxassisi Yevgeniy Tishkovetsning «RIA Novosti»ga ma’lum qilishicha, Moskvaga O‘rta dengiz mintaqasidan kuchli sovuq siklon kirib kelgan. Havo harorati -10 darajagacha tushishi kutilayotir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter