Moldovada bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarini olib chiqish masalasi ko‘rilmoqda
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili axborot berdi.
2022 yil 7-8 mart kunlari Ukrainadan Polshaning Katovitse aeroporti orqali 428 nafar O‘zbekiston fuqarosi, shu jumladan 69 nafar ayol, 48 nafar voyaga yetgaman shaxs va 11 nafar chaqaloq olib kelindi.
28 fevraldan 8 martga qadar 21 ta aviareys tashkillashtirildi hamda urush bo‘layotgan joylardan 4 787 nafar vatandoshimiz qaytarildi.
8 mart kuni yana ikkita reys amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Shu bilan birga, Moldova Respublikasi hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarini olib chiqish masalasini ishlab chiqish boshlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter