Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi xodimlariga sentyabr uchun 350 mln so‘m ustama beradi

Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi xodimlariga sentyabr uchun 350 mln so‘m ustama beradi

Foto: «Xabar.uz»

Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi 3 oktyabr kuni normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga xodimlarga ustama berish to‘g‘risidagi Kengash qarori loyihasini joylashtirgan edi.

Qarorga ko‘ra, hokimlikning taklifiga asosan Mirzo Ulug‘bek tuman mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan ustama berish rejalashtirilgan.

Aytilishicha, Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tuman Kengashi kotibiyati, tuman hokimi devoni, shuningdek, davlat boshqaruvi hududiy organlari xodimlarining faoliyati baholangan. Natijaga ko‘ra sentyabr oyi uchun ularga 200 foizgacha ustama to‘lash ko‘zda tutilgan. Buning uchun budjet mablag‘lari hisobidan 350 million so‘m ajratish belgilangan.

Qaror loyihasi muhokama qoidalariga binoan 15 kun portalda turgan. Lekin birorta taklif kiritilmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring