Mirziyoyev To‘qayevga qo‘ng‘iroq qildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28 oktyabr kuni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar bermoqda.
Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Qarag‘andi viloyatidagi konda ro‘y bergan avariyaning fojiali oqibatlari munosabati bilan samimiy hamdardlik bildirdi.
Kon ichida qolayotgan konchilar tez fursatda qutqarilishiga umid bildirildi, hodisa oqibatlarini bartaraf etishda mamlakatimiz zarur ko‘makni ko‘rsatishga tayyorligi ta’kidlandi.
Ikki tomonlama va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar ham muhokama qilindi.
Eslatib o‘tamiz, Kostenko nomidagi konda 28 oktyabrga o‘tar kechasi soat 02:33 da portlash sodir bo‘lgan. O‘sha paytda konda 252 nafar konchi bo‘lgan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 33 kishi qurbon bo‘lgani aniqlangan. Yana konchilarni izlash va qutqarish ishlari davom etmoqda.
Portlashda halok bo‘lganlar xotirasiga Qozog‘istonda 29 oktyabr umummilliy motam kuni deya e’lon qilindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter