Mirziyoyev Farg‘onada yig‘ilish o‘tkazmoqda: viloyatdagi ko‘rsatkichlar tanqid qilindi

Qo‘qon shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda. Yig‘ilishda videoaloqa orqali Qoraqalpog‘iston rahbariyati, barcha viloyat va tumanlar hokimlari ham qatnashmoqda.
Qo‘qon shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda. Yig‘ilishda videoaloqa orqali Qoraqalpog‘iston rahbariyati, barcha viloyat va tumanlar hokimlari ham qatnashmoqda.
Ta’kidlanganidek, viloyatda bo‘lib o‘tgan saylovoldi uchrashuvida Farg‘ona aholisi turmush sharoitlarini yanada yaxshilash, viloyat iqtisodiyotiga faol investitsiyalar jalb qilib, aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha katta marralar olindi.
«Oldimizda hali yetti yil bor, bu ishlarni ertaga yoki keyingi yildan boshlaymiz», degan vazir, hokim yoki sektor rahbarlari qattiq adashadi.
Chunki, odamlarimiz, xususan Farg‘ona ahli saylovoldi dasturlarida ko‘tarilgan har bir tashabbus bo‘yicha bizdan aniq natijalarni bugundan kutayapti.
Bundan buyon hududlarga borganimda hokimlar ham, vazirlar ham yangi qurilgan ob’yektlarni ko‘rsatish bilan qutulmaydi.
Endi hududlarni rivojlantirish bo‘yicha muammolarni ochiq-oydin gaplashamiz. Bu borada so‘rov qattiq bo‘ladi, masalani ichiga kirmagan rahbarlar shu joyning o‘zida ishdan olinadi», - dedi Prezident.
Yig‘ilishda bir paytlar Farg‘ona sanoat o‘sishi bo‘yicha peshqadamlardan biri bo‘lgan bo‘lsa, o‘tgan olti oyda viloyatda sanoat hajmi 4,2 foizga o‘sib, respublikada 12-o‘ringa tushib qolgani ta’kidlandi.
Sanoat salohiyati hamma tumanda ham birdek ishga solinmayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Misol uchun, birinchi yarim yillikda sanoat hajmi Toshloqda 17, Qo‘qonda 3 foizga, Oltiariqda 1,3 foizga va Quvada 1,2 foizga kamaygan.
Viloyatda aholini arzon va sifatli uy-joylar bilan ta’minlash bo‘yicha ham ahvol yaxshi emas. Joriy yilda viloyatda qurilishi rejalashtirilgan 212 ta uy-joydan bugungi kungacha 42 tasi foydalanishga topshirilgan, xolos.
Mebelchilikda viloyatda o‘tgan olti oy davomida 250 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan bo‘lsa-da, Oltiariq, Rishton, Dang‘ara, Furqat, Yozyovon va Farg‘ona tumanlaridagi jami mebel mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 10 milliard so‘mga ham yetmaydi.
Shu bilan birga, viloyatda xizmatlar sohasini rivojlantirish borasidagi ishlar ahvoli ham qoniqarli emas.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter