Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mirzaobodlik ota aliment o‘rniga yangi uy berdi

Mirzaobodlik ota aliment o‘rniga yangi uy berdi

Fuqaro A.Sh. turmush o‘rtog‘i X.P. bilan oilaviy kelishmovchilik sababli ajrashib ketgan. Bir nafar farzand ona qaromog‘ida qolgan. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Do‘stlik tumanlararo sudining buyrug‘iga muvofiq, bola uchun aliment undirish belgilangan.

Qarzdor otaga alimentni o‘z vaqtida to‘lashi yoki voyaga yetgunga qadar bir yo‘la to‘lab berishi mumkinligi tushuntirilgan. Natijada A.Sh. Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi Mirzaobod tumani bo‘limiga bir nafar farzandi uchun 18 yoshga qadar bo‘lgan davrga hisob-kitob qilib berishlarini so‘rab murojaat etgan. Davlat ijrochisi tomonidan hisoblanganda qarzdorlik 104 million so‘m bo‘lgan.

Mas’uliyatini chuqur anglab yetgan, qolaversa, bolasining endi o‘z boshpanasi bo‘lishini o‘ylagan ota farzandi uchun aliment mablag‘ o‘rniga hovli-joy bergan.

Byuroning tuman bo‘limi tomonidan mazkur ijro hujjati belgilangan tartibda tamomlandi va qarzdorga qo‘llagan barcha cheklovlar bekor qilindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring