Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mirobodda aliment uchun bir kunda ikkita xonadon hadya qilindi

Mirobodda aliment uchun bir kunda ikkita xonadon hadya qilindi

Majburiy ijro byurosida joriy yilning 21 fevral kunidan 31 mart kuniga qadar «Aliment undiruv oyligi» deb e’lon qilingan.

MIB matbuot xizmati xabar berishicha, ushbu oylik doirasida huquqiy tushuntirishlar natijasida, Toshkent shahri Mirobod tumanida qarzdor A.Vishnevskiy farzandlari uchun ko‘chmas mulk, ya’ni uy sovg‘a qildi.

Yana bir holatda, qarzdor E.Davlatov 3 nafar farzandi uchun 3 xonali uy hadya qildi.

Shunga asosan yuqoridagi ijro ishlari yakunlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring