Mino va Arafotdagi joylar ko‘zdan kechirildi (foto)
Makka shahridagi safarni boshlagan Muftiy Nuriddin domla hazratlari va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiqjon Toshboyev boshchiligidagi Haj delegatsiyasi yaqinlashayotgan mavsumda yurtimiz ziyoratchilari uchun Mino va Arafot vodiylaridagi joylar qulay va keng bo‘lishiga katta e’tibor qaratishmoqda.
Ta’kidlanishicha, mo‘min-musulmonlar talab va istaklarini inobatga olgan holda kelayotgan haj mavsumini sifat, mazmun va xizmatlar saviyasi jihatidan yanada yuqori bo‘lishiga jiddu jahd qilingan.
Bo‘lajak hojilarni rohat bilan ibodat qilishlari va ruhiy ozuqa olishlari uchun barcha zarur sharoitlarni hozirlash, ziyoratchilar haj amallarini to‘laqonli bajarishi uchun Makka shahridagi Mino, Arafot va Muzdalifa vodiylaridagi joylar masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Ayniqsa, chodirlarning sifatli, ozoda, qulay va keng bo‘lishi, gilamlar to‘shalgani, sovutish jihozlari bilan yetarlicha ta’minlangani, issiq-sovuq suv tizimlari, taom tarqatish burchaklari va boshqa sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
Safar davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter