Milliy gvardiya qo‘mondoniga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoniga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi.
Jumladan:
- Polkovnik Abdullayev Bekmurod Tojimirzayevich – O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonining jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga;
- Polkovnik Ganiyev Mamirjon Jomoldinovich – O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonining o‘rinbosari – Qo‘riqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga;
- Polkovnik Mamayusupov Sarvar Dexkanbayevich – O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlanishdi.
Eslatib o‘tamiz, bir oy avval general-mayor Jo‘rayev Rustam Mirzayevich O‘zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi qo‘mondoni bo‘lgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter