Milk kasalligining kutilmagan xavfi ma’lum bo‘ldi — saraton
Xelsinki universitetining olimlari parodontit saratonga sabab bo‘lishini aniqlashdi. Mazkur tadqiqotlar «International Journal of Cancer» e’lon qilindi.
Mutaxassislar o‘n yil davomida 68 yoshdan katta bo‘lgan insonlar orasida tadqiqot o‘tkazishdi. Ularning barchasi turli og‘iz kasalliklariga uchragan edi. Natijada olimlar kuzatuvda bo‘lganlarning 14,45 foizida va milk kasalligiga chalingan 11,36 foiz odamlarda saraton kasalligi mavjudligini aniqladilar.
Shuningdek, olimlarning ta’kidlashicha, milk kasalligi (parodontit) tish atrofidagi to‘qimalarga ham ta’sir qiladi. Tegishli davo amalga oshirilmasa, keyinchalik bu e’tiborsizlik tishning tushishiga sabab bo‘ladi. Biroq, mazkur kasallikning eng xavfli tomoni saratonni keltirib chiqarishidir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter