Mikrokreditbank xodimlari Chilonzor tumanidagi xasharda qatnashdi
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev boshchiligida barcha sohalarda bugun tub o‘zgarishlar va yangilanishlar olib borilib, odamlar roziligi uchun harakat qilinmoqda. Ayniqsa, tahlil va o‘rganishlarning eng quyi tizimlardan boshlangani, barcha darajadagi rahbarlarning mahalla va xonadonbay ishlashi mavjud muammolarni yaqinroq o‘rganib, joyida hal qilish va fuqarolar turmush tarzini yaxshilashga qaratilgan o‘ta muhim tashabbus bo‘ldi.
Ayni shu vazifalardan kelib chiqqan holda «Mikrokreditbank» aksiyadorlik tijorat banki ham ruspublika miqyosida barcha hududlar kesimida tuman va mahallalarga biriktirilgan bo‘lib, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda kambag‘allikni qisqartirish borasida aniq manzilli ishlar olib borilmoqda.
Bugun Mikrokreditbank xodimlari Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi «Sharq» mahalla fuqarolar yig‘inida tashkil etilgan xasharda faol ishtirok etishmoqda. Ushbu tadbir davomida mahalla hududidagi yo‘laklar, ariqlar tozalanib, ko‘p qavatli uylarning tashqi ko‘rinishi bo‘yalmoqda.
Shu o‘rinda qayd etish lozimki, bank xodimlari tomonidan Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi 10 ta mahallada («Sharq», «Sharaf», «Sharq tongi», «Shuxrat», «Bo‘rijar», «Nafosat», «Lutfiy», «Yakkatut», «Yakkabog‘» va «Kichik xirmontepa») urganish ishlari olib borilmoqda.
Ushbu biriktirilgan mahallalardagi «Temir daftar», «Yoshlar daftari» va «Ayollar daftari»ga kiritilgan aholi muammolarini o‘rganish, yoshlarni tadbirkorlikka jalb qilish bo‘yicha uyma-uy yurilib ularni daftardan chiqarish yuzasidan tizimli ishlar yo‘lga qo‘yildi.
Jumladan, ishchi-guruh tomonidan bugungi kunga qadar o‘rganilgan 4242 ta xonadonlardan 555 ta muammolari aniqlandi va 63 ta muammolar hal etildi va qolgan 492 tasini hal etish uchun tegishli tashkilotlarga yuborildi.
O‘rganishlar davomida tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ushbu hududdagi jami 76,4 ming kv.m joy tozalandi, 33 ta daraxt butalandi, 9 km ariq va latoklar tozalandi, 25 ta yerto‘lalar tozalandi, suv quvuri tuzatildi va 98 tonna chiqindilar hududdan olib chiqildi.
Shuningdek, «Lutfiy», «Sharq» mahallalarida joylashgan ko‘p qavatli uyning tashqi fasadi Bank homiyligi asosida bo‘yash ishlari davom etmoqda.
Shu bilan birga, «Yoshlar daftari»ga kiritilgan 16 ta fuqaro va «Ayollar daftari»ga kiritilgan 15 ta fuqaro qayta tayyorlov kurslarida o‘qishlari uchun yo‘naltirildi.
Misol uchun, «Yoshlar daftari»ga kiritilgan Yakkatut mahallasi 26-uy, 14-xonadonda yashovchi fuqaro S.Omonovaga tikuvchilik faoliyatini yo‘lga qo‘yishi uchun Bank tomonidan 25,4 mln.so‘m kredit mablag‘i ajratib berildi.
Bank Axborot xizmati
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter