Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Mikrokreditbank» 10 ming tupdan ziyod ko‘chat ekdi

«Mikrokreditbank» 10 ming tupdan ziyod ko‘chat ekdi

Foto: Bank axborot xizmati

Ko‘chat ekib, bog‘ yaratish, atrof-muhitni toza va ozoda saqlash xalqimizning asrlar sinovidan o‘tgan milliy qadriyatlaridir. Ana shunday ezgu ishlar davomiyligini ta’minlash yo‘lida «Mikrokreditbank» ATB tomonidan ham qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Shu kabi ishlardan biri, «Yashil makon» umummilliy dasturi doirasida «Mikrokreditbank»ka biriktirilgan Chilonzor tuman mahallalarida olib borilayotgan obodonchilik amallaridir.

Jumladan, ushbu mahallalarda dastur doirasida jami 18 859 tup mevali va manzarali daraxtlar ekildi, shundan 10 125 tupi «Mikrokreditbank» tomonidan ekilgan daraxtlar bo‘lib, ulardan 600 tupi olma, 225 tupi uzum, 4 800 ta terak, 950 tup manzarali hamda 3 550 tup boshqa mevali daraxtlar hisoblanadi.

Darhaqiqat, bugun mahallaning obodligi, go‘zalligi va ko‘rkamligi uchun jon koyitish har bir kishining muqaddas burchiga aylanib borayotganini yaxshi anglagan «Mikrokreditbank» ATB jamoasi bu kabi ishlarni tizimli davom ettiradi.

Bundan tashqari, mazkur ekilgan mevali va manzarali ko‘chatlarni mahalla raislari, biriktirilgan vazirlik, idoralar bilan hamkorlikda parvarishlash ishlari samarali ravishda tashkil etiladi.

Unutmaylik, yurtimiz mahallalarining obod va ko‘rkam bo‘lishi aholining hamjihatligi, o‘zaro mehr-oqibatiga bevosita bog‘liq. Zero, ahillik bor joyda osoyishtalik, obodlik, xotirjamlik bo‘ladi.

Bank Axborot xizmati

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring