Rossiyadagi migrantlar diqqatiga: bugundan patent rasmiylashtirish zarur
Rossiyadagi mehnat migrantlari bugundan patent rasmiylashtirishi zarur, deya xabar bermoqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi.
Rossiya prezidentining joriy yil 18-apreldagi farmoniga muvofiq, mamlakat hududida chet el fuqarolarining qonuniy bo‘lishi huquqini beruvchi barcha hujjatlar, shu jumladan patentlarning amal qilish muddati 2020 yil 15 iyungacha uzaytirilgan edi.
2020-yil 15-iyundagi farmon bilan kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, bugundan, ya’ni 16-iyundan boshlab Rossiya Federatsiyasi hududida chet el fuqarolarining ishlash huquqini beruvchi ruxsatnoma, shu jumladan patent rasmiylashtirish zarur bo‘ladi.
Shuningdek, farmon bilan:
- chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning Rossiya Federatsiyasida vaqtincha bo‘lish, vaqtincha yoki doimiy yashash, yashash joyida ro‘yxatda turish muddatlari 2020-yilning 15-sentyarigacha tugashi ko‘zda tutilgan bo‘lsa, ushbu muddatlarni tugatmaslik;
- Rossiya Federatsiyasidan ma’muriy tartibda chiqarib yuborish to‘g‘risida qaror qabul qilingan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning mamlakatdan ixtiyoriy chiqib ketish, deportatsiya qilish muddatlarini 2020- yilning 15-sentyabriga qadar uzaytirish belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, Mehnat vaziri keltirgan statistikaga ko‘ra, pandemiya sabab 550 mingdan oshiq o‘zbekistonlik Rossiyaga keta olmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter