Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Migratsiya agentligi o‘zbekistonliklarni Rossiyadagi namoyishlarda ishtirok etmaslikka chaqirdi

Migratsiya agentligi o‘zbekistonliklarni Rossiyadagi namoyishlarda ishtirok etmaslikka chaqirdi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyada bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarga murojaat bilan chiqdi. 

«So‘nggi kunlarda Rossiya Federatsiyasining turli hududlarida davlat rasman ruxsat bermagan ommaviy namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda.

Shu munosabat bilan, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ushbu davlatda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolaridan bunday ommaviy namoyishlarda ishtirok etmaslikni, Rossiya Federatsiyasi qonunlariga rioya etishni va odamlar ko‘p to‘planayotgan joylarga bormaslikni so‘raydi»,- deyiladi bayonotda.

Bu kabi rasman ruxsat berilmagan tadbirlarda qatnashish chet el fuqarolari uchun Rossiya Federatsiyasi qonunlariga muvofiq jinoiy javobgarlikka tortilish yoki davlatdan majburiy chiqarib yuborishga olib kelishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring