MIB yana bir «metan zapravka»da gaz o‘marilganini aniqladi
Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi avtomobillarga gaz quyish shaxobchalarida energiya resurslarining yetkazib berilishi va bu borada to‘lov intizomiga rioya qilinishi yuzasidan o‘tkazayotgan tadbirlarda jiddiy qonun buzilishi holatlari aniqlanmoqda.
Xususan, Byuroning Toshkent viloyati boshqarmasi xodimlari Angrendagi «mentan zapravka»da «Avtopilot Pro» rusumli uskunaga tashqi ta’sir ko‘rsatilishi natijasida gazni noto‘g‘ri hisoblanish «imkoniyati yaratilgan». Bu «imkoniyat» 1 mlrd. 051 mln. 200 ming so‘mlik tabiiy gaz o‘marilishiga olib kelgan.
MIB markaziy apparati matbuot xizmatining «Xabar.uz»ga ma’lumga qilishicha, ayni holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval Sirdaryo viloyatidagi «mentan zapravka»dagi nayranglar natijasida 11,8 mlrd. so‘mdan ko‘proq zarar yetkazilgani aniqlangandi.
Qo‘shimcha qilinishicha, yetkazilgan zarar surishtiruv jarayonidayoq qoplangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter