Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

MIB xodimlari bitiruvchilar bilan uchrashdi

MIB xodimlari bitiruvchilar bilan uchrashdi

Foto: MIB

Majburiy ijro byurosi organlariga xizmatga bilimli, tashabbuskor hamda oliy yuridik, shuningdek, iqtisod mutaxassisligiga ega bo‘lgan kadrlarni qabul qilish muhim vazifalaridan biridir.

Ijtimoiy tarmoqlarda ham Majburiy ijro byurosiga ishga o‘tish haqida ko‘plab murojaatlar kelib tushmoqda.

Shu bois, bugun, 16-iyul kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi hamda Byuroning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan 2017-2018-o‘quv yili bitiruvchilari ishtirokida Byuro organlariga xizmatga qabul qilish bo‘yicha tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi va Byuroning Toshkent shahar boshqarmasi mas’ul xodimlari, universitet rahbariyati hamda o‘qituvchilari, 2017-2018-o‘quv yili bitiruvchilari ishtirok etishdi.

Ishtirokchilar e’tiboriga Byuro faoliyatiga oid videofilm, foto va elektron materiallar havola etildi. Tadbir so‘ngida mas’ul xodimlar tomonidan bitiruvchilarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring