MIB O‘zbekistonga olib kirilgan dronni yo‘q qildi
Majburiy ijro byurosi tomonidan mamlakatimiz hududiga noqonuniy ravishda olib kirilmoqchi bo‘lgan dron yo‘q qilindi.
«Yurtimiz hududiga fuqarolarimiz tomonidan noqonuniy olib kirilayotgan va tegishli hujjat hamda ruxsati mavjud bo‘lmagan mahsulotlar yo‘q qilinishi ham mumkin», deyiladi MIBning «Xabar.uz»ga berilgan xabarida.
Qayd etilishicha, MIB Surxondaryo viloyati boshqarmasi hamda Termiz shahar bo‘limi tomonidan jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarning ijro hujjatlari ijrosini ta’minlash maqsadida Termiz tumani Kattaqum massivida joylashgan maxsus paligonda hamkor tashkilotlar va xolislar ishtirokida tovar-moddiy boyliklari zararsizlantirilgan.
Jumladan, belgilangan tartibga ko‘ra aksiz markalanmagan, jami qiymati 59 million 436 ming so‘mlik tamaki mahsulotlari, shuningdek, jami qiymati 56 million 455 ming so‘mlik 23 turdagi 324 quti dori vositalari belgilangan tartibda yoqib yuborildi.
Bundan tashqari, mamlakatimiz hududiga noqonuniy ravishda olib kirilmoqchi bo‘lgan bir dona uchuvchisiz uchish hamda bir dona mobil telefon apparatlari ham belgilangan tartibda yo‘q qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter