Metroning yangi qurilgan «Yunusobod» va «Turkiston» bekatlariga fotosayohat
Ma’lumki mustaqillikning 29 yilligi arafasida Toshkent metrosining Yunusobod yo‘nalishi ham ishga tushirildi.
Ushbu metro yo‘nalishining ikkinchi bosqichi qurilishi Prezidentning 2016-yil 7- noyabrdagi qaroriga muvofiq boshlangan edi. Shavkat Mirziyoyev bu yerga bir necha bor kelib, ishning borishi bilan tanishgandi.
Loyihaning umumiy qiymati 103,8 million dollar bo‘lib, qariyb 3 kilometr metro yo‘li hamda «Yunusobod» va «Turkiston» bekatlari barpo etilgan.
Ta’kidlash joizki, bayram munosabati bilan metroda uch kun davomida bepul harakatlanish mumkin.
Xabar.uz fotomuxbiri mazkur bekatlardan fotoreportaj tayyorladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter