Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Metro qurilishida halok bo‘lganlarga yuzga yaqin xatmi Qur’on bag‘ishlandi

Metro qurilishida halok bo‘lganlarga yuzga yaqin xatmi Qur’on bag‘ishlandi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Musulmonlari idorasi metropoliten qurilishida sodir bo‘lgan fojiada halok bo‘lgan hamyurtlarimiz oilalariga hamdardlik bildirish davom etayotganini ma’lum qildi.

«Hatto qo‘shni va olis viloyatlardan ham kelib, bunday qayg‘uli kunlarida sherik ekanlarini izhor qilishmoqda. Savobli ishlarda peshqadam bo‘lgan diniy soha xodimlari bu ishda ham ibrat bo‘lishmoqda.

Diniy idora tasarrufidagi oliy va o‘rta-maxsus diniy ta’lim muassasalarida 90ta xatmi Qur’on o‘qilib, halok bo‘lganlar ruhi poklariga bag‘shida qilindi.

Xatmi Qur’onlar yakunida Yaratgan Parvardigordan halok bo‘lganlarning solih amallarini o‘zlariga hamroh qilishini, gunohlarini mag‘firat etishini, yotgan joylarini jannat bog‘laridan bir bog‘ qilishini iltijo qilib so‘raldi», deyiladi idora matbuot xizmati xabarida.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent metropoliteni Yunusobod yo‘lining yangi qurilayotgan qismida yuz bergan o‘pirilish natijasida 6 nafar fuqaroning jasadi tuproq ostidan olib chiqilgan va ularning shaxsiga aniqlik kiritilgandi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring