Me’morlar aybi bilan yuz bergan dahshatli fojialar (foto)
![Me’morlar aybi bilan yuz bergan dahshatli fojialar (foto)](https://static.xabaruz.com/crop/4/0/720_460_95_4091604397.jpg)
Me’morlik mas’uliyatli va sharafli kasb. Biroq hamma ham adashadi. Ba’zida hisob-kitoblardagi noaniqlik dahshatli fojialarga olib kelishi mumkin.
![](https://static.xabaruz.com/crop/1/1/440_280_80_1197728877.jpg)
Jon Xenkok minorasi, Massachusets, AQSh Bu inshootning o‘ziga xosligi – moviy oynalardan jilo berilgan edi. Biroq amalda bu to‘g‘ri qaror emasligini isbotlandi. Oynalar kuchli shamolga dosh bera olmay sinib tusha boshladi. Havoning avzoyi buzilganda politsiya odamlarni inshoot yaqiniga yo‘latmaslik chorasini ko‘rishga majbur bo‘lardi. Besh yildan keyin barcha 10344 ta oyna almashtirildi.
![](https://static.xabaruz.com/crop/2/6/440_280_80_2668287825.jpg)
«Nikerboker» kinoteatri, Vashington, AQSh, 1922-yil 28-yanvar Besh yillik bino ikki kun tinmay yoqqan qor og‘irligiga dosh bera olmadi. Qulash vaqtida kinoteatr odamlar bilan to‘la edi. Natijada 98 kishi hayotdan ko‘z yumdi.
![](https://static.xabaruz.com/crop/4/5/440_280_80_45962844.jpg)
Konemog ko‘lidagi «Saut-Fork» dambasi, Pensilvaniya, AQSh, 1889-yil 31 may Damba allaqachon ta’mirtalab bo‘lgan edi, ammo e’tibor berishmagan. Ko‘za kunda emas, kunida sinadi deganlaridek, damba o‘pirilgach, 20 million tonna suv Jonstaun tomon oqib bordi va 2209 nafar insonning hayotiga zomin bo‘ldi.
![](https://static.xabaruz.com/crop/2/8/440_280_80_281740137.jpg)
Kvebekdagi ko‘prik, Kanada, 1907-yil 29-avgust va 1916-yil 11-sentyabr Kvebekdagi 987 metrlik ko‘prik dunyodagi eng uzun konsolli ko‘prik sanalar edi. U mavjud bo‘lgan davrda ikki marta quladi. Birinchi marta 75, ikkinchi marta 13 nafar odam qurbon bo‘ldi.
![](https://static.xabaruz.com/crop/3/4/440_280_80_3492704200.jpg)
«Ronan Point» minorasi, London, Angliya, 1968-yil 16-may Qurilish yakunlanganiga ikki oy bo‘lganida minoradagi gaz portlashi oqibatida tutib turuvchi devorlardan biri quladi. 4 kishi halok bo‘ldi.
![](https://static.xabaruz.com/crop/1/3/440_280_80_1315324216.jpg)
«Pemberton Mill» fabrikasi, Lorens, Massachusets, 1860-yil 10-yanvar Ishga tushganiga 7 yil bo‘lgan fabrika binosi kutilmaganda qulab tushadi. Oqibatda 145 ta inson halok bo‘ladi. Ma’lum bo‘lishicha, qurilish vaqtida arzon po‘lat ustunlardan foydalanilgan va u fojia kuni og‘irlikka dosh bera olmagan.
![](https://static.xabaruz.com/crop/3/6/440_280_80_360804033.jpg)
Titon daryosidagi to‘g‘on, Aydaxo, AQSh, 1976-yil 5-iyun Titon daryosidagi fojianing sababi ham qurilishdagi xato edi. Oqibatda 11 inson hayotdan ko‘z yumdi, minglab odam jarohatlandi.
![](https://static.xabaruz.com/crop/2/0/440_280_80_2089534445.jpg)
«Sampoong» savdo markazi, Seul, Janubiy Koreya, 1995-yil 29-iyun Seuldagi yirik savdo majmuasining qulashi natijasida 502 kishi nobud bo‘lgan.
![](https://static.xabaruz.com/crop/9/7/440_280_80_973118599.jpg)
«Versal» tantanalar zali, Quddus, Isroil, 2001-yil 24-may Loyihachilar binoga tushadigan og‘irlik kuchini to‘g‘ri hisoblashmagani natijasida to‘yda raqsga tushayotgan 23 kishi halok bo‘ldi, 380 kishi jarohatlanadi.
![](https://static.xabaruz.com/crop/1/4/440_280_80_1467213391.jpg)
«Lotus Riverside» majmuasi, Shanxay, Xitoy, 2009-yil 27-iyun Majmuada 11 ta 13 qavatli bino bo‘lib, ularning biri 2009 yilning iyunida kutilmaganda qulab tushadi.
![](https://static.xabaruz.com/crop/1/3/440_280_80_131627198.jpg)
«Rana Plaza» binosi, Savar, Bangladesh, 2013-yil 24-aprel Sakkiz qavatli uyning devorida yoriqlar paydo bo‘layotganini ko‘rgan odamlar binoni tark eta boshlashdi. Ammo eng yuqori qavatdagilar tushishga ulgurmadi. Fojia oqibatida 1127 kishi halok bo‘ldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter