Mehnat qurollari va asbob-uskunalar sotib olishga subsidiya beriladi
Prezidentning «Mahallalarda aholi bandligini oshirish va norasmiy bandlikni qisqartirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori loyihasi muhokamaga joylashtirildi.
Loyihaga ko‘ra, xizmatlar sohasi va uy sharoitida o‘zini o‘zi band qilish faoliyat turlari 11 taga, shaxsiy tomorqalarda bandlikning turi 9 taga ko‘payadi.
Shuningdek, mahallalarda (savdo majmualari va bozorlar bundan mustasno) faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar o‘zlarining yollanma ishchilari uchun Pensiya jamg‘armasiga to‘lanishi lozim bo‘lgan to‘lov miqdorini har bir oyiga bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizidan, bir yilga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorigacha tushiriladi.
Qayd etilishicha, mahallalarda qurilish ishlari bilan norasmiy shug‘ullanayotgan jismoniy shaxslar faoliyatini rasmiylashtirishni rag‘batlantirish maqsadida qurilish-ta’mirlash brigadalar tuzilishiga ruxsat beriladi.
Bunda:
- qurilish-ta’mirlash brigadalari a’zolari o‘zini-o‘zi band qilgan shaxslar sifatida ro‘yxatga olinadi, shuningdek brigadalarga xorijiy davlatlarda qurilish sohasida ishlab qaytgan fuqarolarni jalb etishga e’tibor qaratiladi;
- qurilish-ta’mirlash brigada a’zolariga mehnat qurollari va asbob-uskunalar sotib olish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravarigacha subsidiya ajratiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter