Mehnat migrantlari Rossiyaga borish uchun nega avtobusni tanlashadi?
Rossiya va Qozog‘iston singari davlatlarga pul topish uchun borayotgan o‘zbekistonlik migrantlar ko‘zlangan manzilga yetkazuvchi transport tariqasida avtobusni pulni iqtisod qilish maqsadida tanlashadi, bu haqda payshanba kuni «Xalq so‘zi» nashri xabar qildi.
«Pul topish ketayotganlarning hammasi avtobus — ishonchsiz transport ekanligini tushunishadi. Bizning yigitlarimiz halok bo‘layotgan avariyalar juda ko‘p yuz beradi. Nega baribir avtobuslarda boraverishadi? Sababi — pul», — degan nashrga Rossiya Federatsiyasida ishlayotgan migrantlarning biri.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘iston bilan chegaradosh Rossiya shaharlarigacha 250 ming so‘mga (30 dollar taxminan) yetib borish mumkin. «Bu Toshkentdan poyezdda borgandan ko‘ra ancha arzon», — deb hisoblaydi suhbatdosh.
O‘zbekistondan Ostonagacha platskart temiryo‘l chiptasining narxi — 585 ming so‘m (73 dollar)ni, Samaragacha esa 850 ming so‘m(105 dollar)ni tashkil etadi.
«Pul topish uchun ketayotganlar uchun har bir tiyin qadrli. Misol uchun men yo‘l haqi uchun qarindoshimdan qarz olganman. Shuning uchun sutka-ikki kun chidashga to‘g‘ri keladi», — degan nashrga suhbatdosh.
Migrant shuningdek, avtobus salonidagi tirbandlik va yuklar haqida gapirgan — qoplar va korobkalar o‘rindiqlar orasida turishini aytgan. «Agar yonib ketgan avtobusda ham shunday holat yuz bergan bo‘lsa, odamlarda omon qolish uchun imkon bo‘lmagan. Ular bu tirbandlikda tashqariga qochib chiqolmas edilar», — deb taxmin qilgan suhbatdosh.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter