Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mazut va ko‘mir ikki yilga bojdan ozod qilinadi

Mazut va ko‘mir ikki yilga bojdan ozod qilinadi

Issiqlik elektr stansiyalari barqaror ishlashi, aholi va ijtimoiy soha ehtiyojlari uchun joriy yilda ko‘mir qazib chiqarishni yanada ko‘paytirish va bu borada 8 million tonnalik ko‘rsatkichga intilish zarurligi qayd etildi.

Bundan tashqari, mazut va ko‘mir ikki yilga bojdan ozod qilinadi. Ko‘mir importi uchun uch yil muddatga revolver kreditlar beriladi.

Mutasaddilar va hokimlar oldiga yaqin muddatda aholi va ijtimoiy soha uchun 1 million 200 ming tonna, yil yakunigacha yana shuncha ko‘mir yetkazib berish, 1 oktyabrgacha 600 ming tonna ko‘mir va 350 ming tonna mazut zaxirasini yaratish vazifasi qo‘yildi.

Hozirda qator mahallalarda gaz bosimi past, yo‘qotishlar yuqori ekani qayd etildi. Bu mahallalardagi xonadonlarning gaz ta’minotini uch bosqichli tizimdan ikki bosqichliga o‘tkazish rejalashtirilgan.

Oktyabr-dekabr oylarida iste’molchilarga 163 ming tonna suyultirilgan gaz yetkazish topshirildi.

Shuningdek, viloyat hokimlariga 300 dan ziyod olis mahalla uchun ko‘mir, suyultirilgan gaz va asosiy turdagi oziq-ovqat zaxirasini yaratishga topshiriq berildi.

bilan kafolatli ta’minlash uchun qozonxona, qozon va issiqlik tarmoqlarini yaxshilash, suv tarmoqlari va nasoslarni ta’mirlash vazifalari belgilab olindi.

Umuman, kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish maqsadida Energetika vazirligi rahbarlari hududlarga biriktiriladigan bo‘ldi.

Ushbu rahbarlar joylarda ishlarni tashkil qilishga hamda har bir nosozlik va avariyalarni zudlik bilan bartaraf etishga mas’ul bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring