Maxsus maktab-internatlar xodimlariga 50 foiz ustama to‘lanadi
Prezident raisligida o‘tgan yig‘ilishda nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan ishlaydigan nodavlat tashkilotlari va ularning hududiy bo‘limlari (Nogironlar, Ko‘zi ojizlar jamiyati, Nogironlar assotsiatsiyasi, Karlar jamiyati) xodimlariga oylik to‘lash uchun davlatdan subsidiya ajratilishi ma’lum qilindi.
Shu bilan birga, ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalarni to‘liq ta’limga jalb etish maqsadida yangi «Nurli maskan» nomini olgan maktablarda yangi o‘quv yilidan:
- qo‘shimcha 850 ta o‘quv xonalari va 1 ming 200 ta yotoqxona o‘rni tashkil etiladi;
- davlat buyurtmasi asosida ushbu maktab kutubxonalari Brayl yozuvidagi darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar, badiiy hamda bolalar uchun mo‘ljallangan adabiyotlar bilan to‘liq ta’minlanadi.
2023 yildan ushbu tajribani respublikaning barcha hududlarida joriy etish vazifasi qo‘yildi.
Bundan tashqari, 3 mingdan ziyod zaif eshituvchi bolalarga zamonaviy eshitish moslamalari yetkazib beriladi. Bunga budjetdan 11 milliard so‘m ajratiladi.
Maxsus maktab-internatlarning barcha xodimlariga 50 foiz ustama to‘lash joriy etiladi. Bunga 30 milliard so‘m beriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter